Chirchiq shahri portaliga xush kelibsiz!
Bizning sayt — bu aynan sizlar, hurmatli chirchiqliklar uchun yaratilgan Chirchiq shahrining virtual yuragi hisoblanadi!
Chirchiq borgan sari kattalashib bormoqda, undagi hayot esa tobora tezlashmoqda va mazmunli bo‘lib bormoqda. Qaerda konsert yoki ko‘rgazma bo‘lib o‘tayotgani, yangi restoran yoki bolalar bog‘chasi qaerda ochilayotgani, magazin qaerda arzon narxlarda savdo qilayotgani yoki qiziqarli promoaksiyani amalga oshirayotgani bilish qiyinlashmoqda.
Biz shaharning madaniy hayoti va biznesi to‘g‘risidagi qiziqarli axborotni topish mumkin bo‘lgan sayt ochishga qaror qildik.
Tadbirkorlar uchun bizning portal noyob imkoniyatlar taqdim etadi: ularning ishi, yangi aksiyalar,skidkalar va maxsus takliflar to‘g‘risidagi axborotni baham ko‘rish. Bu yerda sizni keng auditoriya – o‘z shahrining gullab yashnashi va rivojlanishini istayotgan minglab shaharliklar ko‘radi.
Chirchiq siz bilan birga yashaydi va nafas oladi! Yangiliklarni kuzatib boring, shahar hayotida ishtirok eting va o‘zingiz uchun Chirchiqni qaytadan kashf eting.
