
Hurmatli doʻstlar,
Sizni Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishga yoʻnaltirilgan «Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish sari» mintaqaviy loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan “Bizning birdamligimiz – xilma-xillikda!” mavzusidagi onlayn marafonga qatnashishga taklif qilamiz.
26-fevral kuni biz 4 yoʻnalish – fotosurat, plakat (poster), videorolik va adabiy asarlar boʻyicha tanlovga bir vaqtda start berishga qaror qildik. Odatda, bosqichlar ketma-ket oʻtkazilar edi. Ammo bu safar yondashuvimizga oʻzgartirish kiritdik va bunda sizning qoʻllab-quvvatlashingizga katta umid qilamiz!
26-fevraldan 30-aprelgacha sizning ijodiy ishlaringizni intiqlik bilan kutib qolamiz.
Tasavvuringizni ishga soling, kreativ fikrlang va oʻz iste’dodingizni namoyon qiling!
Ushbu 4 yoʻnalishlar boʻyicha mualliflik ishlaringizni bizga joʻnatishingiz mumkin. Istasangiz, faqat bittasida, istasangiz, barchasida oʻz kuchingizni sinab koʻring – tanlov oʻz qoʻlingizda!
Sizga tanlangan mavzu doirasida mazmun erkinligi beriladi.
Diqqat! Ishlaringizda tinchlik, bagʻrikenglik, yaxshi qoʻshnichilik va madaniy xilma-xillik gʻoyalari aks etishi lozim.
Har bir yoʻnalish boʻyicha Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan bittadan gʻolib aniqlanadi va ular qimmatbaho sovgʻalar hamda sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Ijodiy salohiyatingizni namoyon qiling! Sizlarga ilhom va yorqin yutuqlar tilaymiz!
Marafonining barcha bosqichlari, qoidalari va ishlarni yuborish manzillari haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda:
