Garchi biz Markaziy Osiyoda yashasak ham, qish haqida bilamiz. Chirchiqliklar vaqti-vaqti bilan oyna ortida oq parchalar asta-sekin o’yinga tushishlarini kuzatishadi. Siz hech qachon ikkita bir xil qor parchasi uchramasligi haqida eshitganmisiz? Mana yana ular to’g’risida bir nechta qiziqarli fakt.
1. Ular faqat oppoq bo’lavermaydi. Ayrim joylarda mikroorganizmlar va mayda suv o’tlari qorni pushti va hatto qizil rangga bo’yab qo’yishadi.
2. Shimol xalqlari qishning oq adyoli to’g’risida gapirishadi. Shuning uchun eskimoslar lug’atida qor parchalarini tavsiflash uchun 24 ta so’z bor, saamlarda esa umuman 41 ta so’z ishlatiladi.
3. Uch milliarddan ortiq yer aholisi umrida qor ko’rmagan.
4. Kichkina oppoq go’zalllarning 5000 dan ortiq asosiy shakllari mavjud. Ya’ni aynan plastinkalar, yulduzchalar, ustunlar, ninachalar va hokazo.
5. Suvga tushadigan qor parchalari juda keskin yuqori tovush chiqarishadi, albatta bu tovushni inson qulog’I eshita olmaydi. Biroq uni baliqlar eshitishadi, juda yoqtirishmaydi va shuning uchun chuqurga tushib ketishadi.
6. Bir yilda Yer yuzasiga tushgan qor parchalarining umumiy soni taxminan 1 va 25 ta noldan iborat bo’lgan sonni ifoda etadi.
7. 1987 yilda AQSh ning Fort-Koye shahrida shu paytgacha qayd etilgan qor parchalarining eng kattasi topilgan. Uning diametric 38 santimetrga teng bo’lgan.
8. Har bir oppoq mehmonimiz taxminan 1 milligramm tosh bosadi. O’lchami esa 0,1 mm dan 7 mm gacha yetadi.
9. Agar 1 kubometr qor olinsa , unda 350 millionta qor parchalarini topsa bo’ladi, va ularning har bittasi noyob va betakror bo’ladi.
