O‘zbekistonliklarning chet elga sayohatlari: 2025 yil tendensiyalari va statistikasi

O‘zbekistonliklar chet elga sayohat qilishni tobora ko‘proq afzal ko‘rmoqda. 2024 yilgi statistik ma’lumotlar ushbu tendensiyani tasdiqladi. 2025 yilning dastlabki ma’lumotlari bu o‘sish davom etayotganini ko‘rsatdi: faqatgina yanvar oyida chet elga 550 000 dan ortiq fuqarolarimiz jo‘nab ketdi, bu esa 2024 yil yanvariga nisbatan 17,7% ko‘proqdir.

Chirchiqdagi turistik bozor
Chirchiqda sayyohlik agentliklarining soni ortib bormoqda, bu esa sayohatlarga bo‘lgan yuqori talab mavjudligini ko‘rsatadi. Sayohatchilarimiz sayohat yo‘nalishini tanlashda ko‘pincha turoperatorlarning maslahatlariga amal qilishadi, ammo tajribali sayyohlar statistik ma’lumotlarni ham o‘rganadilar.

2025 yilda sayohat uchun eng arzon va eng qimmat mamlakatlar
Yaqinda sayyohlar uchun eng arzon va eng qimmat mamlakatlar haqida ma’lumotlar e’lon qilindi. 2025 yilda eng tejamkor yo‘nalish sifatida Laos tan olindi, bu yerda kunlik xarajatlar bir kishiga atigi 15 AQSh dollarini tashkil etadi. Eng qimmat yo‘nalish esa Barbados bo‘lib, bu yerda sayyohlarga kuniga taxminan 330 AQSh dollari sarflashga to‘g‘ri keladi.

Discover more from Chirchik City

Subscribe now to keep reading and get access to the full archive.

Continue reading