Buyuk ipak yuli”dan TTZ dahasigacha 10 ta metro bekati quriladi

Toshkent metropolitenining “Buyuk ipak yuli” bekatidan TTZ dahasigacha bo‘lgan yangi yo‘nalishda 10 ta bekat quriladi. Ushbu tarmoq 30 ta mahallani qamrab olib, 148 ming aholiga qulay transport imkoniyatini yaratadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Toshkentdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishish chog‘ida loyihani qayta ko‘rib chiqish va muqobil takliflar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Dastlabki rejaga ko‘ra, yerosti metro yo‘li “Buyuk Ipak yo‘li” bekatidan TTZgacha olib borilishi rejalashtirilgan edi. Ilgari taklif qilingan variantlarda yo‘l uzunligi 8 km atrofida bo‘lib, kunlik yo‘lovchi oqimi 55-62 ming kishini tashkil qilishi kutilgan. Yangi loyihaning qurilish muddati va moliyalashtirish manbalari keyinchalik aniqlanadi.

Leave a Reply

Discover more from Chirchik City

Subscribe now to keep reading and get access to the full archive.

Continue reading