Kuchukcha tog‘i

Shanxaylik dizayner Go Tsinshan ta’til vaqtida tabiat manzaralarini suratga oldi. U blogida suratlarini joylashtira boshlaganida, bir tog‘ yonbag‘ri itning boshiga juda o‘xshashligini payqadi. Go Tsinshan suratga «Kuchukcha tog‘i» deb nom berdi.
Bu joy Ichang shahri, Tszygui tumanida joylashgan. Endilikda bu joy sayyohlarning sevimli yo‘nalishiga aylangan. Ular o‘z to‘rt oyoqli do‘stlarini ham olib kelib, ularga tog‘ fonida suratga tushirishni juda yaxshi ko‘radilar va qaysi it tabiiy manzaraga ko‘proq o‘xshashligini aniqlashga harakat qiladilar.
Surat esa juda mashhur bo‘lib, millionlab tomoshalarga va ko‘plab layklarga ega bo‘ldi.

Leave a Reply

Discover more from Chirchik City

Subscribe now to keep reading and get access to the full archive.

Continue reading