O’zbek pasporti jahon reytingida o’z o’rnini yaxshiladi

Chirchiqliklar, va faqatgina ular uchun emas, balki hammaga xush keladigan yangilik!

O’tgan yilda biz vizasiz borishimiz mumkin bo’lgan mamlakatlar ro’yxati 32 taga yetdi. Avval bu son 24 tani tashkil etardi.

Hujjat kuchini belgilab beradigan Passport Index jahon reytingida 95 chi o’rindan O’zbekiston 68 chi o’ringa ko’tarildi. Bu ma’lumotlar Kanadada joylashgan Arton Capital konsalting kompaniyasi tomonidan tayyorlandi.

Ro’yxat tuzishda faqatgina ushbu passport egalari qaysi mamlakatlarga vizasiz borishi mumkinligi emas, balki viza yetib borishingiz bilan taqdim etiladigan mamlakatlar baholanadi.

Agar bu imkoniyatlarni umumlashtirsak, bunday mamlakatlar ro’yxati 78 tagacha yetgani  ma’lum bo’ladi. O’tgan yili Tailand, Yaman, Pokiston, BAA ga tashrif buyurish uchun vizalar bekor qilingan edi. Xitoyga sayohat qilish uchun ana shunday imkoniyatni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

Vizani rasmiylashtirmasdan 133 ta mamlakatga va aeroportda vizani rasmiylashtirib 47 ta mamlakatga tashrif buyurish imkoniyatini beradigan Arab Amirliklari  aholisi eng kuchli pasport egalariga aylanishdi.

MDH mamlakatlari ichida reytingda 21 chi o’rinni egallagan Ukraina eng yuqori ko’rsatkichga ega bo’ldi. Eng kichik ko’rsatkichga ega bo’lgan Turkmaniston 76 chi o’rinni egalladi.

Leave a Reply

Discover more from Chirchik City

Subscribe now to keep reading and get access to the full archive.

Continue reading