Olimlar laboratoriyada inson tishini birinchi marta yetishtirishdi — stomatologiyada inqilob
London Qirollik kollejining olimlari stomatologiya kelajagini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan kashfiyotga erishishdi. Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida ular tish rivojlanishi uchun tabiiy muhitni taqlid qiluvchi noyob material ishlab chiqdilar. Bu yutuq bemorning o‘z hujayralaridan tish yetishtirish imkonini beradi — ular jag‘ga mukammal tarzda moslashadi va tabiiy tishlar kabi ishlaydi.
Bu biz uchun nimani anglatadi?
Bunday texnologiya an’anaviy plombalar va implantlarga muqobil bo‘lishi mumkin. Sun’iy materiallarning yaroqsiz holga kelishi yoki organizm tomonidan rad etilishi muammosini hal etishga yordam beradi. Hozircha bu usul ishlab chiqish bosqichida, biroq yaqin kelajakda u butun dunyo bo‘ylab bemorlarga taqdim etilishi mumkin.
Chirchiqda esa nima gaplar?
Shahrimizda allaqachon zamonaviy stomatologiya klinikalari faoliyat yuritmoqda, ular ilg‘or davolash uslublarini taklif qilishadi. Kim biladi, ehtimol, bir necha yildan keyin bizda ham bu innovatsiya joriy qilinar — va o‘z hujayralarimizdan yetishtirilgan yangi tishlarga shunchaki “buyurtma berish” mumkin bo‘lar!
Texnologiyaning rivojlanishini diqqat bilan kuzatamiz va uning tezroq joriy qilinishiga umid qilamiz. Hozircha esa — tabiiy tishlarimizga g‘amxo‘rlik qilamiz va ularni ishonchli mutaxassislarga topshiramiz. 😊
#Stomatologiya #Innovatsiyalar #Chirchiq #Salomatlik
