Chirchiq havosi qanday? Biz har kuni kuzatyapmiz!🌿

Allaqachon bir yarim oydan beri 4ir4ik.uz platformasi shahardagi havo sifati bo‘yicha kundalik ma’lumotlarni e’lon qilib kelmoqda. Bu davr ichida AQI indeksi 27 (eng toza kun) dan 89 (eng iflos kun) gacha bo‘lgan oraliqda bo‘ldi.

📊 AQI nima?
AQI — bu havo sifati indeksi, ya’ni havoning nafas olish uchun qanchalik xavfsiz yoki xavfli ekanini ko‘rsatadi.

  • 0–50 – havo toza, bemalol nafas olish mumkin.
  • 51–100o‘rtacha daraja, aksariyat odamlar uchun maqbul hisoblanadi.

📌 Monitoring natijalariga ko‘ra, mart oyida va aprelning birinchi yarmida Chirchiqda havo yetarlicha toza bo‘lgan. Bu esa juda quvonarli!

😷 Havodagi asosiy ifloslantiruvchi modda — PM2.5. Bu juda mayda chang va tutun zarralari bo‘lib, o‘pka va qon aylanish tizimiga chuqur kirib borishi mumkin. Ularning asosiy manbalari — transport chiqindilari, isitish tizimlari, chiqindi yoqilishi va sanoat chiqindilari.

☀️ Bu imkoniyatdan unumli foydalaning!
Havo toza bo‘lgan paytda — ko‘proq sayr qiling, ochiq havoda sport bilan shug‘ullaning, yaqinlaringiz bilan vaqt o‘tkazing. 4ir4ik.uz orqali havo holatini kuzatib boring va toza havodan zavqlaning! 💨

Discover more from Chirchik City

Subscribe now to keep reading and get access to the full archive.

Continue reading