1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Chirchiq shahar tarixi muzeyida 2-iyun kuni “Farzandlarimizga kitob sovgʻa qilaylik” nomli kitob yarmarkasi tashkil etiladi. Ushbu tadbir bolalarning intellektual rivojlanishi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan.
Yarmarka davomida bolajonlar uchun qiziqarli o‘yinlar, boshqotirmalar, ekskursiyalar va film namoyishlari o‘tkaziladi. Shuningdek, barcha ishtirokchilar uchun sovg‘alar tayyorlangan. Muzeyga tashrif buyurgan mehmonlar nafaqat kitoblar bilan tanishadilar, balki tarixiy eksponatlar va muzeyning boy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bu tadbir nafaqat bolalar, balki barcha yoshdagi mehmonlar uchun ham ochiq. Chirchiq shahar tarixi muzeyi oilaviy hordiq uchun eng yaxshi tanlov bo‘lib, bu yerda har bir kishi o‘ziga xos taassurot oladi. Siz ham farzandlaringiz bilan birga mazmunli vaqt o‘tkazishni istasangiz, 2-iyun kuni muzeyimizga tashrif buyuring!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (90) 981 83 30, Direktor.
