Qanday qilib butun shaharni qo‘rqitishdi?
1-aprel butun dunyoda Kulgilar kuni yoki Ahmoqlar kuni sifatida nishonlanadi. Ehtimol, Chirchiq aholisi ham ushbu kunda yaqinlari va do‘stlari ustidan kulgili hazillar qilishni yoqtirsa kerak. Lekin bilasizmi, qaysi hazil tarixdagi eng yaxshi hazillardan biri bo‘lgan?
1974-yil 1-aprel kuni amerikalik Oliver Bikar g‘ayrioddiy prank uyushtirdi. U Alyaskada joylashgan o‘chgan vulqon tepasida 70 ta avtomobil shinasini yoqib yubordi. Mahalliy aholi esa bu manzarani ko‘rib, vulqon uyg‘onganini va uning otilishi boshlangani haqida o‘yladi. Sarosimaga tushgan odamlar politsiya va radiostansiyalarga qo‘ng‘iroq qila boshlashdi.
Vaziyatni o‘rganish uchun vulqon tomon vertolyot yuborildi. Ammo uchuvchilar vulqon o‘rnida ulkan olov va katta harflar bilan yozilgan «Happy April Fool’s Day!» (1-aprel muborak!) yozuvini ko‘rib hayratda qoldilar.
🖋 «Ahmoqlar kuni muborak!»
Bu hazil tarixdagi eng yaxshi va eng katta pranklardan biri sifatida tilga olinadi.
Siz qanday hazillar tayyorlayapsiz?😉
🚀 O‘zining eng yaxshi 1-aprel hazillarini izohlarda bo‘lishing! 😆
