Ticoga teng og‘irlikdagi kosmik stansiya Yerga qulamoqda: chirqiqliklar xavotirlanishlari kerakmi?

Yaqin kunlarda sovet davrida yaratilgan “Kosmos-482” deb nomlangan oraliq kosmik apparat Yerga qulamoqda. Uning og‘irligi qariyb 500 kilogramm bo‘lib, bu Tico rusumidagi avtomobil og‘irligiga teng. Mutaxassislar, stansiyaning Yer atmosferasiga kirib, to‘liq yonib ketmasligi mumkinligini, va ehtimol, uning ba’zi qismlari quruqlikka — hatto aholi yashaydigan hududlarga — tushishi mumkinligini aytishmoqda.

Bu apparat dastlab 1972-yil 31-mart kuni Baikonur kosmodromidan «Venera-8» dasturi doirasida uchirilgan. Biroq, uni Veneraga olib chiqishi kerak bo‘lgan so‘nggi raketa bosqichi nosozlikka uchragan va stansiya Yer orbitasida qolib ketgan. Sovetlar bunday muvaffaqiyatsizliklarni yashirish uchun unga «Kosmos» raqamli nomlarini berishgan.

Uchishdan keyin stansiya to‘rt qismga bo‘lingan: ularning ikkitasi orbitada qolib, tez orada atmosfera qatlamida yonib ketgan, qolgan ikkitasi esa – taxminan qo‘nish moduli va dvigatel bloki – yuqori elliptik orbitada qolgan. Modullarning biri 53 yil davomida Yer atmosferasidagi ishqalanish sababli asta-sekin orbitadan chiqib, hozirda Yerga qulash arafasida.

Nima uchun bu xavfli?

Qo‘nish moduli aslida Venera kabi ekstremal sharoitlarga moslab ishlab chiqilgan — ya’ni yuqori bosim, issiqlik va zich atmosfera uchun. Shu sababli, uning issiqlikka chidamli qoplamasi va germetik korpusi ehtimol atmosferadan omon o‘tishi mumkin.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, qulash maydoni Turkiya, Misr, Suriya yoki Ozarbayjon hududlariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Agar u to‘liq holatda Yerga qulasa va taxminan 242 km/soat tezlik bilan urilsa, urilish kuchi taxminan 1,1-1,2 MJ energiyaga teng bo‘ladi — bu esa yuzlab gramm trotil portlashi bilan teng kuchga ega.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, modul og‘irligi 495 kg ni tashkil etadi. U atmosferadan o‘tishda to‘liq yo‘q bo‘lib ketmasligi mumkin. Shunday bo‘lsa ham, ob-havo, orbital o‘zgarishlar va boshqa omillar aniqlikni qiyinlashtirmoqda. Quvvatli, ammo nazoratdan chiqib ketgan bu kosmik mehmon 8-14 may kunlari oralig‘ida Yerga qulab tushishi kutilmoqda.

Leave a Reply

Discover more from Chirchik City

Subscribe now to keep reading and get access to the full archive.

Continue reading